date

Eldor Shomurodov: “Urugvayga qarshi maydonga tayyormiz”

Eldor Shomurodov: “Urugvayga qarshi maydonga tayyormiz”

O‘zbekiston milliy jamoasi sardori Eldor Shomurodov Urugvay bilan bo‘ladigan o‘rtoqlik bahsi oldidan jamoaning kayfiyati va tayyorgarligi haqida fikr bildirdi. Uning ta’kidlashicha, bu bellashuv nafaqat natija, balki yangi bosh murabbiy taktikasini sinovdan o‘tkazish uchun ham muhim bo‘ladi.

«Ertangi o‘yinga barcha yigitlar tayyor. Bu o‘yin oson kechmaydi, chunki raqib juda kuchli. Birinchi navbatda yaxshi natija uchun kurashamiz, shu bilan birga maydonda o‘z o‘yinimizni ko‘rsatishni maqsad qilganmiz», — dedi Shomurodov.

Forwardning aytishicha, jamoada yoshlar ko‘p va bu ular uchun katta tajriba bo‘ladi:
«Hozir tarkibda ko‘plab yosh futbolchilar bor. Asosiy tarkibdagi ayrim yigitlar yig‘inga kela olmadi, jarohatlanganlar ham yo‘q emas. Shu sabab, bu bahs orqali yangi tarkibni sinab ko‘ramiz».

Shomurodov ta’kidlaganidek, jamoa yangi bosh murabbiy Fabio Kannavaro bilan ishlashni endi boshlamoqda va har bir o‘yin — yangi bosqich hisoblanadi:
«Murabbiyning taktik g‘oyalarini amalda qo‘llab ko‘ramiz. Biz uchun muhim bo‘lgani — jamoaviy harakat va ishonchni oshirish. Har bir futbolchi o‘z o‘rnini topishi kerak».

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Urugvay terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 13 oktyabr kuni Malayziyada bo‘lib o‘tadi. Terma jamoa sardori so‘zlariga ko‘ra, butun jamoa g‘alaba uchun maydonga chiqish niyatida.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Eldor Shomurodov: “Urugvayga qarshi maydonga tayyormiz”