date

Gana JCH-2026 yo‘llanmasiga ega chiqdi, ishtirokchilar 21 taga yetdi

Gana JCH-2026 yo‘llanmasiga ega chiqdi, ishtirokchilar 21 taga yetdi

Afrika qit’asida Jahon chempionati–2026 saralash bosqichining "I" guruhi 10-tur bahslari yakunlandi. Gana terma jamoasi Chadga qarshi bellashuvda yirik hisobda g‘alaba qozondi — 5:0.

Bu natija orqali "Qora yulduzlar" 10 ta o‘yinda 25 ochko jamg‘arib, Mundialga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.

Shu tariqa, 2026 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etadigan jamoalar soni 21 taga yetdi. Ular quyidagilar:

1. 🇺🇸 AQSH (mezbon)

2. 🇲🇽 Meksika (mezbon)

3. 🇨🇦 Kanada (mezbon)

4. 🇯🇵 Yaponiya

5. 🇳🇿 Yangi Zelandiya

6. 🇮🇷 Eron

7. 🇦🇷 Argentina

8. 🇺🇿 O‘zbekiston (debyut)

9. 🇰🇷 Janubiy Koreya

10. 🇯🇴 Iordaniya (debyut)

11. 🇦🇺 Avstraliya

12. 🇧🇷 Braziliya

13. 🇪🇨 Ekvador

14. 🇺🇾 Urugvay

15. 🇨🇴 Kolumbiya

16. 🇵🇾 Paragvay

17. 🇲🇦 Marokash

18. 🇹🇳 Tunis

19. 🇪🇬 Misr

20. 🇩🇿 Jazoir

21. 🇬🇭 Gana

Gana terma jamoasi so‘nggi yillarda Afrikadagi yetakchi futbol mamlakatlaridan biri sifatida yana bir bor o‘zini namoyon etdi. Endi "Qora yulduzlar" 2026 yilgi tarixiy musobaqada ham o‘z so‘zini aytishga tayyorlanmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Gana JCH-2026 yo‘llanmasiga ega chiqdi, ishtirokchilar 21 taga yetdi