FIFA ofsayd qoidasini o‘zgartirishni ko‘rib chiqmoqda

1 daqiqa o'qish235
FIFA ofsayd qoidasini o‘zgartirishni ko‘rib chiqmoqda

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) 2026 yilgi jahon chempionati boshlanishidan oldin ofsayd qoidasini yangicha tahrirda qabul qilish masalasini muhokama qilmoqda, deb xabar berdi Cardena SER.

Hozirgi amaldagi tartibga ko‘ra, hujumchi to‘p uzatilayotgan paytda uning gol urish mumkin bo‘lgan tanasining istalgan qismi oxirgi ikki himoyachi (darvozabon ham shular jumlasidan)dan oldinda bo‘lsa, o‘yindan tashqari holat qayd etiladi.

Biroq FIFAda bu qoidani yengillashtirish taklifi ko‘rib chiqilmoqda. Londonning “Arsenal” klubi sobiq bosh murabbiyi va hozirda FIFAning global futbolni rivojlantirish bo‘limi rahbari Arsen Vengerning taklifiga ko‘ra, agar hujumchi tanasining hech bo‘lmaganda bir qismi oxirgi himoyachi chizig‘ida yoki undan orqada bo‘lsa, ofsayd hisoblanmaydi.

Bu taklif hozir Xalqaro futbol assotsiatsiyalari kengashi (IFAB) tomonidan o‘rganilmoqda. Qoidani o‘zgartirish masalasi bo‘yicha ovoz berish 2026-yil 1-mart kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

2026 yilgi jahon chempionati 11-iyundan 19-iyulgacha AQSH, Meksika va Kanadada bo‘lib o‘tadi. Musobaqada ilk bor 48 ta terma jamoa ishtirok etadi.

Mutasaddilarning fikricha, Venger taklifi amalga oshirilsa, hujumkor futbol kuchayadi va bahsli ofsayd qarorlari soni ancha kamayadi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?