"Manchester Yunayted" klubi yarim himoya chizig‘ini kuchaytirish uchun yangi futbolchilarni ko‘rib chiqmoqda. Jamoa hozirda "Roma" tarkibida o‘ynayotgan fransiyalik yarim himoyachi Man-u Konega qiziqish bildirdi.
Euro-football.ru yozishicha, ilgari "Manchester Yunayted" Kone Premer-ligada o‘ynash uchun yetarlicha tayyor emas deb hisoblagan, biroq futbolchi so‘nggi vaqtlarda tez sur’atda rivojlanmoqda. Man-u Kone 24 yoshda va hozirda Fransiya terma jamoasiga chaqirilmoqda.
U milliy jamoa tarkibida 11 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Transfermarkt portali mutaxassislari Kone transfer narxini 50 million yevro atrofida baholamoqda.
"Manchester Yunayted" Konega qiziqishni kelasi yozgi transfer oynasida kuchaytirishi mumkin. Klub yarim himoya chizig‘ini mustahkamlashni rejalashtirayotganini mutaxassislar ta’kidlamoqda.
Kone faoliyatini Italiyada davom ettirayotgan bo‘lsa-da, uning Premer-ligaga o‘tishi mumkinligi haqida taxminlar kuchaymoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!