
Misrlik yulduz Muhammad Saloh “Liverpul” bosh murabbiyi Arne Slotning qaroridan mamnun emas. Chempionlar Ligasi doirasidagi “Ayntraxt”ga qarshi bahsda u zaxirada qoldirildi va faqat 74-daqiqada Ugo Ekitikening o‘rniga maydonga tushdi.
Uchrashuvdan so‘ng Saloh ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaridan “Liverpul” haqidagi barcha eslatmalarni olib tashladi. Bu harakat ko‘pchilik tomonidan futbolchining jamoadan noroziligining belgisi sifatida qabul qilinmoqda.
Shu bilan birga, “qizillar” safarda “Ayntraxt”ni 5:1 hisobida mag‘lub etdi. Ammo bu g‘alabaga qadar Slot shogirdlari barcha musobaqalarda ketma-ket to‘rtta mag‘lubiyatga uchragan edi.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, so‘nggi o‘yinlarda Salohning o‘yinida faollik yetishmayotgani va u ba’zi vaziyatlarda hatto befarq ko‘ringani uchun tanqidlarga duch kelgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!