date

UFC jangchisi Sarukyan: “AQShda kam yeb ham semiraman, Rossiyada esa teskari”

UFC jangchisi Sarukyan: “AQShda kam yeb ham semiraman, Rossiyada esa teskari”

UFC jangchisi Arman Sarukyan AQSh va Rossiyadagi ovqat sifati o‘rtasidagi farq haqida gapirdi.

Sportchining so‘zlariga ko‘ra, professional jangchilar uchun sifatli ovqatlanish eng muhim omil bo‘lib, faqat oqsil yoki qo‘shimchalar bilan kuch olishning iloji yo‘q. “Protein — bu faqat qo‘shimcha. Asl kuch tabiiy ovqatdan olinadi”, — dedi u.

Sarukyan AQShda va Rossiyada iste’mol qilgan taomlarini taqqoslab shunday deydi:
“Rossiyada ko‘p yeb ham vaznim tushadi, Amerikada esa kam yeganimga qaramay semiraman. Demak, bizdagi ovqat ancha sifatli.”

Uning fikricha, Rossiyada hali ham tabiiy mahsulotlar ko‘p, AQShda esa fastfud va qayta ishlangan taomlar ustun. “Amerikada tezlik muhim, lekin sog‘lom emas. Rossiyada esa tabiiy ovqat topish oson,” — deydi u.

Sarukyan so‘ngida hazil bilan qo‘shimcha qildi:
“Rossiyada ovqatlanib, sog‘lom bo‘laman. Amerikada ovqatlanib, og‘ir bo‘laman.”

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » UFC jangchisi Sarukyan: “AQShda kam yeb ham semiraman, Rossiyada esa teskari”