
"Liverpul"ning yetakchi hujumchisi Muhammad Salohga Saudiya Arabistoni Pro Ligasiga mansub noma’lum klub juda yirik taklif bilan chiqqan. Manbalar xabariga ko‘ra, misrlik yulduzga yiliga 150 million yevro maosh taklif etilgan.
Agar Saloh bu shartnomaga rozilik bersa, u nafaqat Saudiya chempionatida, balki jahondagi eng yuqori maoshli futbolchilardan biriga aylanishi kutilmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bu taklif keyingi yozda “Liverpul”ni tark etish sharti bilan berilgan. Hozircha Salohning javobi ma’lum emas, biroq uning Saudiya klubiga o‘tishi futbol jahonida katta shov-shuvga sabab bo‘lishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar