FIFA U-17: O‘zbekiston o‘smirlari Qatarda jahon chempionatiga chiqmoqda

1 daqiqa o'qish417
FIFA U-17: O‘zbekiston o‘smirlari Qatarda jahon chempionatiga chiqmoqda

Bugun Qatarda FIFA U-17 Jahon chempionati rasman start oldi, deb xabar berdi FIFA. Unda O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Osiyo chempioni sifatida ishtirok etmoqda.

Bu — O‘zbekiston U-17 terma jamoasining to‘rtinchi jahon chempionati. Ilgari jamoa 2011 va 2023 yillarda chorak finalgacha yetib borgan, 2013 yilda esa 1/8 bosqichida ishtirokini yakunlagan.

Islombek Ismoilov boshchiligidagi o‘smirlar bu gal “J” guruhida Paragvay, Irlandiya va Panama bilan raqobat qiladi. Birinchi o‘yin 5 noyabr kuni Paragvayga qarshi o‘tkaziladi. Bu jamoa 1999 va 2019 yillarda chorak finalgacha yetib borgan tajribali raqib hisoblanadi.

8 noyabrda O‘zbekiston Irlandiyaga qarshi bahs olib boradi — bu Irlandiya uchun ushbu yosh toifasidagi ilk jahon chempionati bo‘ladi.

Guruhdagi so‘nggi bellashuv 11 noyabrga belgilangan. O‘zbekiston o‘smirlari Panamaga qarshi maydonga tushadi. Panama 17 yoshlilar o‘rtasidagi chempionatlarda eng yaxshi natijasini 2011 yilda qayd etgan — o‘shanda jamoa 1/8 finalga chiqqandi.

Muxlislar milliy jamoadan yangi g‘alabalar va tarixiy natijalar kutmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?