date

O‘zbekiston shaxmatchilari ilk bor jahon chempionatida

O‘zbekiston shaxmatchilari ilk bor jahon chempionatida
O‘zbekiston ayollar shaxmat terma jamoasi ilk bor jamoaviy jahon chempionatiga yo‘l oldi. Bu muvaffaqiyatga ular saralash bahsida Ozarbayjon ustidan g‘alaba qozonib erishdi.

Mazkur hal qiluvchi uchrashuv 1-2 noyabr kunlari Bokuda bo‘lib o‘tdi. Tezkor shaxmat formati bo‘yicha o‘tgan qizg‘in bahs natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida Afruza Hamdamova, Gulruhbegim Tohirjonova, Umida Omonova va Guldona Karimova ishtirok etib, 2,5:1,5 hisobida g‘alaba qozondi.

Bu g‘alaba jamoaga tarixiy tarzda chempionatning final bosqichiga yo‘l ochdi. Jahon chempionati 18-23 noyabr kunlari Ispaniyaning Linares shahrida o‘tkaziladi.

O‘zbekiston terma jamoasi bilan birga yana 11 kuchli jamoa, jumladan, Ispaniya, Gruziya, Fransiya, Qozog‘iston, AQSh, Xitoy va Hindiston jamoalari ham ishtirok etadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston shaxmatchilari ilk bor jahon chempionatida