
Bavariya darvozaboni Manuel Noyer o‘z faoliyatini davom ettirish uchun ko‘proq harakat qilmoqda. 39 yoshli myunxenlik sardor jismoniy holatini saqlab qolish uchun kundalik rejimini o‘zgartirdi.
Jurnalist Tobi Altshoffning xabar berishicha, veteran futbolchi har kuni fizioterapevtga murojaat qiladi va har bir mashg‘ulot oldidan trenajyor zalida shug‘ullanadi. Bundan tashqari, u haftasiga ikki marta jamoaviy mashg‘ulotlardan so‘ng qo‘shimcha yarim soatlik kuch mashqlarini bajaradi.
Ta’kidlanishicha, Noyer jismoniy tayyorgarlik darajasi bo‘yicha o‘zining 22 yoshli potentsial vorisi Jonas Urbixdan aslo ortda qolmaydi. Klub ichida yosh raqobatchining kelishi tajribali yulduzga qo‘shimcha motivatsiya bergani aytilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.