Real va yana 6 klub argentinalik talantni kuzatmoqda

River Pleyt klubi markaziy himoyachisi Lautaro Rivero Yevropaning bir qancha yetakchi klublarining qiziqish doirasiga tushgan. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda.
Manbaga koʻra, 22 yoshli argentinalik futbolchiga Londonning Chelsi klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Ularning skautlari joriy mavsumda River Pleyt oʻyinlarining bir nechtasini kuzatib borgan.
Biroq Riveroga faqat Chelsi emas, balki Real, Atletiko, Manchester Siti, Tottenxem, Yuventus va RB Leyptsig klublari ham qiziqish bildirmoqda. 2025 yilda Rivero barcha turnirlar doirasida 34 ta oʻyinda maydonga tushib, 2 ta gol va 1 ta golli uzatma amalga oshirgan.
Transfermarkt portali mutaxassislariga koʻra, futbolchining transfer qiymati 4 million yevroga baholangan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Manbaga koʻra, 22 yoshli argentinalik futbolchiga Londonning Chelsi klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Ularning skautlari joriy mavsumda River Pleyt oʻyinlarining bir nechtasini kuzatib borgan.
Biroq Riveroga faqat Chelsi emas, balki Real, Atletiko, Manchester Siti, Tottenxem, Yuventus va RB Leyptsig klublari ham qiziqish bildirmoqda. 2025 yilda Rivero barcha turnirlar doirasida 34 ta oʻyinda maydonga tushib, 2 ta gol va 1 ta golli uzatma amalga oshirgan.
Transfermarkt portali mutaxassislariga koʻra, futbolchining transfer qiymati 4 million yevroga baholangan.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…