date

Safonov uchun yagona yoʻl - ijaraga oʻtish

Safonov uchun yagona yoʻl - ijaraga oʻtish
Sobiq taniqli darvozabon Yevgeniy Kornyuxin «PSJ» futbol klubi darvozaboni Matvey Safonovning hozirgi holati haqida oʻz fikrlarini bildirdi. Donnarummaning jamoani tark etishi ortidan parijliklarning asosiy darvozaboni yaqinda xarid qilingan Lyuqa Shevale boʻldi.

Safonov esa joriy mavsumda biror daqiqa ham maydonga tushmadi. «Safonov uchun yagona yoʻl - klub rahbariyatiga murojaat qilib, ijaraga oʻtishni soʻrash.

Agar u yana yarim mavsum zaxirada oʻtirsa, uni umuman eslamay qoʻyishadi. «PSJ»da ikkinchi yoki uchinchi darvozabon boʻlish - bu hech narsa emas», - deya Kornyuxinning soʻzlarini keltiradi «Sport Den za Dnyom».

Safonov 2024-yilning yozidan beri «PSJ» sharafini himoya qilib kelmoqda. U Fransiya chempionatiga «Krasnodar»dan koʻchib oʻtgan.

Umuman olganda, rossiyalik futbolchi Parij jamoasi safida 17 ta uchrashuvda maydonga tushgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Safonov uchun yagona yoʻl - ijaraga oʻtish