
Barselona darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen faoliyatini Turkiya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Diario Sport xabar bermoqda.
Manbaga koʻra, Besiktash klubi Barselonaga nemis posbonini ijara asosida qoʻlga kiritishni taklif qilgan, bu orqali katalon klubi maoshlar yukini yengillashtirishi mumkin. Shuningdek, Besiktash iyun oyida futbolchini 8 million yevroga sotib olish huquqini ham qoʻlga kiritmoqchi.
Eslatib oʻtamiz, 33 yoshli ter Shtegen joriy mavsumda maydonga tushmagan, chunki u yozda jiddiy jarohat olgan edi. Futbolchining Barselona bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning oʻrtalarigacha moʻljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.