date

Endrik "Real"ni tark etishga yaqin


Madridning "Real" klubi braziliyalik hujumchisi Endrik Frantsiyaning "Lion" klubiga o'tishga yaqin turibdi. Bu haqida jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.

Manbalarga ko'ra, "Lion" 19 yoshli Endrikni yanvar oyida ijaraga oladi. Shu bilan birga, futbolchining maoshining bir qismini "Real" o'z zimmasiga oladi.

Kelishuv shartlariga ko'ra, Endrik "Lion" safida minimal o'yin sonini o'tkazishi shart bo'ladi. Agar futbolchi jarohat olsa, "Real" uni qaytarib olishi mumkin.

Joriy mavsumda Endrik La Liga doirasida faqat bir o'yinda maydonga tushdi va samarali harakatlari bilan ajralib tura olmadi. "Real" bilan Endrikning amaldagi shartnomasi 2030 yilning yozigacha mo'ljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Endrik "Real"ni tark etishga yaqin