date

Udineze soxta daromadda ayblandi


Italiyaning "Udineze" futbol klubi rahbariyati rasmiy bayonot eʼlon qilib, Rolando Mandragora transferi tufayli jamoani jazolashga intilishdan hayratda ekanligini bildirdi. Bu haqda Football Italy xabar berdi.

Mazkur kelishuv 2018-yilda amalga oshirilgan. Hozirda "Fiorentina" safida toʻp surayotgan yarim himoyachi "Yuventus"dan "Udineze"ga 20 million yevro evaziga oʻtgan edi.

2020-yil oktabr oyida u yana "Yuventus"ga 15 million yevro evaziga sotilgan, biroq bir muddat ijarada qolgan. "Udineze" ushbu transferdan 3,11 million yevro miqdorida soxta daromad olishda ayblanmoqda.

"Udineze" rasmiy bayonotida jamoaning aybsizligi isbotlanishi va dastlabki sud tinglovlari jamoani oqlash bilan yakunlanishiga umid bildirilgan. Mazkur holatga oʻxshash boshqa ishlar ham xuddi shu sud tomonidan koʻrib chiqilganligi taʼkidlangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Udineze soxta daromadda ayblandi