
Daniya terma jamoasi 26-mart kuni Shimoliy Makedoniya bilan Jahon chempionatiga yo'llanma uchun kurash olib boradi. Bu 20-noyabr kuni o'tkazilgan pley-off o'yinlari qur'asi natijasi hisoblanadi.
"Biz Shvetsiya bilan to'qnash kelishni istamagandik. Bu o'yin alohida ahamiyatga ega bo'lardi.
Men Makedoniya haqida ozgina ma'lumotga egaman. Bu – qalbi bilan o'ynaydigan balkaniyalik jamoa.
Yaqin kunlarda ularni yanada chuqurroq tahlil qilamiz. Ushbu qur'a bizga Jahon chempionati yo'llanmasini taqdim qilishi kerak.
Biz o'zimizni yaxshi holatda sezmoqdamiz va bu vazifani uddalay olamiz", – dedi Daniya terma jamoasi bosh murabbiyi Brayan Rimer Ritzau agentligiga bergan intervyusida. Mazkur juftlik g'olibi 31-mart kuni Irlandiya yoki Chexiya bilan final o'yinida to'qnash keladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.