
Yozgi transferlar vaqtida "Liverpul" deyarli 500 million yevro sarflagan edi. Aftidan, mersisaydliklar transfer bozorida xarajatlarni davom ettirishga tayyor.
Bu mavzuda "qizillar" bosh murabbiyi Arne Slot o'z fikrini bildirdi. "Qishki transferlarmi?
Bu haqda savol berishingizni kutmagandim, axir yanvargacha hali juda ko'p o'yinlar bor. Bu hozir mening oxirgi o'ylayotgan narsam.
Balki bu haqda direktor Xyuz o'ylayotgandir, lekin men uchun hozir bu mavzu emas. Bizda uchta markaziy himoyachi bor, u yerda Gravenberx va Endo ham o'ynay oladi.
Balki siz sezmagandirsiz, lekin jamoamizda boshqa pozitsiyalar ham bor va ular ko'proq savollar tug'diradi", – dedi Slot matbuot anjumanida. Hozirda "Liverpul" Angliya Premer-ligasi jadvalida sakkizinchi o'rinni egallab turibdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.