
Kosovo milliy jamoasi bosh murabbiyi Franko Foda 2026-yilgi Jahon chempionati pley-off o'yinlari qur'asi haqida fikr bildirdi. Uning jamoasi yarim finalda Slovakiya bilan toʻqnash keladi.
"Slovakiya juda kuchli jamoa, buni ular Germaniyaga qarshi oʻyinda uyda 2:0 hisobida gʻalaba qozonib isbotlashdi. Bu biz uchun qiyin safar oʻyini boʻladi.
Ammo biz ham yaxshi oʻyin koʻrsatishga qodirmiz. Yaqinda Shvetsiya, Sloveniya va Islandiyani safarda magʻlub etganmiz.
Oʻyinni intiqlik bilan kutyapmiz. Bu qiyin boʻlsa-da, biz Slovakiyani magʻlub eta olamiz", – deydi murabbiy FIFA rasmiy saytiga bergan intervyusida.
Kosovo futbolchilari saralash guruhida Shveytsariyadan keyin ikkinchi oʻrinni egallashdi, Slovakiya esa Germaniyadan keyin joy oldi. Pley-off oʻyinlari 2026-yil mart oyida boʻlib oʻtadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.