
Ruminiya terma jamoasi bosh murabbiyi Mircha Luchesku 2026-yilgi Jahon chempionati pley-offi qur'asi borasida o'z fikrlarini bildirdi. Uning jamoasi mart oyida yarim finalda Turkiya bilan to'qnash keladi.
"Barcha jamoalar deyarli bir xil darajada, shuning uchun pley-offda oson raqibni tanlashning iloji yo'q. Har bir jamoaning imkoniyati mavjud.
Men Turkiyani yaxshi bilaman deb ayta olmayman, lekin ularning yaqinda Ispaniyaga qarshi o'yinini ko'rdim. O'shanda ularning tarkibida mening qo'l ostimda debyut qilgan 6 nafar futbolchi bor edi.
Hozir ular ancha tajribali va yaxshi formada", dedi Luchesku "Gazeta Sporturilor" nashriga. "Keyingi to'rt oy davomida o'yinimizni yaxshilashimiz kerak.
Klubdagi o'yinlarda barqaror natijalar ko'rsatish orqali pley-offga yaxshi tayyorlanishimiz muhim. Imkoniyatlar haqida gapirish bilan cheklanmaslik kerak — futbolda har qanday narsa sodir bo'lishi mumkin, bu sport turli syurprizlarga boy." "Bizni qiyin muhit kutmoqda va bunga tayyor bo'lishimiz zarur.
Bosniyada Zennitsadagi o'yinda shunday muhitni ko'rganmiz — qabul qanday bo'lishi farq qilishi mumkin, ammo atmosferani yaxshi bilamiz. O'yindan o'yinga e'tibor qaratamiz, keyin nima bo'lishini ko'ramiz.
Hozircha final haqida o'ylamayapmiz." Turkiya va Ruminiya juftligi g'olibi Slovakiya va Kosovo juftligi g'olibi bilan to'qnash keladi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.