date

Galliani: Gattuzo vazifani uddalaydi

Galliani: Gattuzo vazifani uddalaydi
Italiyaning "Milan" klubi sobiq rahbari Adriano Galliani Italiya terma jamoasining jahon chempionati final bosqichiga chiqish imkoniyatlari haqida fikr bildirdi. Gallianining so'zlariga ko'ra, terma jamoaning yangi bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo ushbu vazifani muvaffaqiyatli bajaradi.

"Gattuzo ajoyib motivator. U muvaffaqiyatga erishish uchun intilmoqda.

Ishonchim komilki, bu safar Italiya jahon chempionatida qatnashadi. Gattuzo vazifani uddalaydi", - deydi Galliani fcinter1908.it nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Italiya terma jamoasi so‘nggi bor jahon chempionati final bosqichida 2014 yilda o‘ynagan. To‘rt karra jahon chempioniga aylangan ushbu mamlakat Germaniya bilan teng natijaga ega.

Faqatgina Braziliya terma jamoasi ko‘proq g‘alaba qozongan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Galliani: Gattuzo vazifani uddalaydi