date

Jeko muxlislarga murojaati uchun jazolanishi mumkin


Fiorentina jamoasi navbatdagi muvaffaqiyatsiz oʻyinida, bu safar Atalanta bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda 0:2 hisobida magʻlub boʻldi. Bosniyalik hujumchi Edin Jeko oʻz yetakchilik fazilatlarini namoyon etishga qaror qilib, jamoadoshlari bilan birga stadiondagi muxlislar oldiga bordi.

U megafon olib, jamoa murakkab vaziyatda boʻlsa ham, ularni qoʻllab-quvvatlashga chaqirdi. Biroq bu harakati bilan Jeko, A Seriya futbolchilari uchun oʻyin davomida muxlislarga murojaat qilishni taqiqlovchi qoidalarni buzdi.

Endi Jekoning bu "qoidabuzarligi" A Seriya intizomiy qoʻmitasi tomonidan koʻrib chiqilmoqda. Ehtimol, u bir oʻyinga diskvalifikatsiya qilinishi va 20 ming yevro miqdorida jarimaga tortilishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Jeko muxlislarga murojaati uchun jazolanishi mumkin