
Farg‘onaning "Neftchi" klubiga yangi bosh murabbiy tayinlandi. O‘zbekiston U-17 terma jamoasini Osiyo chempionligiga yetaklab, Jahon chempionati nimchorak finaliga olib chiqqan Farg‘ona viloyatining sharafli o‘g‘loni Islombek Ismoilov “Neftchi” PFKning yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi.
Marg‘ilon shahrida tug‘ilgan Islombek Ismoilov, yosh bo‘lishiga qaramay, milliy futbolimizda muhim natijalarga erishib, murabbiylik sohasida eng istiqbolli kadrlardan biri sifatida tanilgan. U boshqargan U-17 terma jamoasi zamonaviy o‘yin uslubi, intizom va kuchli xarakter bilan mamlakatimiz sharafini munosib himoya qildi.
“Neftchi” jamoasi uchun kelgusi mavsumdagi asosiy maqsadlar orasida chempionlikni saqlab qolish va mustahkamlash, Osiyo Chempionlar Ligasi elit bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etish, jamoaning raqobatbardoshligini ta’minlash va uzluksiz rivojlanishni nazarda tutish joy oladi. Islombek Ismoilovga shunday muvaffaqiyatli va mas’uliyatli vazifada katta zafarlar tilaymiz.
Farg‘ona viloyati hokimligi matbuot xizmati ham o‘zining munosabatini bildirib, Ismoilovga “Neftchi”ni boshqarishda omad tiladi. Uning rahbarligida klub yangi bosqichga ko‘tariladi va tarixdagi eng muvaffaqiyatli mavsumlarning birini boshlaydi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.