
“Inter” markaziy himoyachisi Stefan de Vrey qishki transfer oynasida jamoasini o'zgartirishi mumkin. Bu haqda Football Insider xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 33 yoshli niderlandiyalik futbolchiga Angliyaning “Nottingem Forest” klubi qiziqish bildirmoqda. De Vreyning “Inter” bilan amaldagi shartnomasi kelasi yozda nihoyasiga yetadi.
Shu bilan birga, Niderlandiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Ronald Kuman himoyachiga muntazam ravishda o'yin amaliyotiga ega bo'lishi zarurligini ta'kidlagan. Shu sababli, futbolchi ijara asosida “Forest” safiga o'tib ketishi mumkin.
De Vrey 2018 yildan beri “Inter” sharafini himoya qilib keladi. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda jami beshta o‘yinda maydonga tushgan va gol urishga muvaffaq bo‘lmagan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.