date

“Manchester Siti” yanvarda Semeno transferini amalga oshirishi mumkin

“Manchester Siti” yanvarda Semeno transferini amalga oshirishi mumkin

“Manchester Siti” klubi qishki transfer oynasi davrida jamoaning hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun mahoratli to‘purarni qo‘shish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. The Times nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, klub yanvar oyida “Bornmut”ning 25 yoshli hujumchisi Antuan Semenoni o‘z safiga qo‘shishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Manbaga ko‘ra, “shaharliklar” Semenoning shartnomasidagi maxsus bandni faollashtirishni rejalashtirmoqda. Bu band faollashsa, klub uning transferi uchun taxminan 74 million yevro to‘lashga majbur bo‘ladi.

Semeno 2023 yilning yanvaridan buyon “Bornmut” klubida to‘p surmoqda. Ushbu klub mahoratli forvardni “Bristol Siti”dan 10 million yevroga transfer qilgan edi. Joriy mavsumda Semeno 12 o‘yinda 6 ta gol urishi va 3 ta golli uzatma berishga muvaffaq bo‘ldi.

“Manchester Siti”ning bu transferni amalga oshirish orqali o‘z hujum chizig‘ini yanada kuchaytirishga intilayotgani ma’lum. Semenoning shaxsiy statistikasi va potensiali klub uchun katta axamiyatga ega bo‘lishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » “Manchester Siti” yanvarda Semeno transferini amalga oshirishi mumkin