date

Skudetto taqdiri martda hal bo‘ladi

Skudetto taqdiri martda hal bo‘ladi
Italiyaning sobiq hujumchisi Kristian Vyerining aytishicha, joriy mavsumda Skudetto uchun kurashning asosiy favoritini aniqlash hali erta. Chempionatning uchdan bir qismi o‘tsa-da, turnir jadvalining yuqori qismida joylashgan to‘rtta klub orasida atigi bir ochko farq bor.

Vierining fikricha, vaziyat faqat mart oyida aniq bo‘ladi. "Hali gapirishga erta.

Hamma klublar xatolarga yo‘l qo‘ymoqda. "Milan" autsayderlarga qarshi ochko yo‘qotmoqda, "Inter" esa grandlar bilan o‘yinlarda muammoga uchramoqda.

"Roma" va "Napoli" ham xatolar qilgan. Allegri aytgandek, mart oyida hammasi oydinlashadi — men bunga to‘liq qo‘shilaman", — dedi Kristian Vyerining La Repubblica nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Italiya amaldagi chempioni "Napoli" hisoblanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Skudetto taqdiri martda hal bo‘ladi