Liverpul Shlotterbekni sotib olmaydi

Liverpul Germaniya terma jamoasi va Dortmundning Borussiya klubi himoyachisi Niko Shlotterbekni tarkibga qo‘shmaslikka qaror qildi. Bu haqda Mirror nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, mersisayd klubi 26 yoshli futbolchini yanvar oyidagi transfer oynasida sotib olish rejasidan voz kechgan. Shlotterbekning Borussiya bilan shartnomasi 2027 yilning o‘rtalariga qadar davom etadi.
Nemis futbolchisining transfer bozori qiymati 40 million yevroga baholanmoqda. Joriy mavsumda Shlotterbek Dortmund jamoasi safida 14 o‘yinda maydonga tushib, ikkita golli uzatmaga mualliflik qilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing