
Manchester Siti jamoasi soʻnggi ikki oʻyinda — "Lids"ga qarshi 3:2 va "Fulxem"ga qarshi 5:4 hisobida gʻalaba qozongan boʻlsa-da, jami 6 ta gol oʻtkazib yubordi. Jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiola ushbu natijalar haqida oʻz fikrlarini bildirdi.
"Olti ta gol oʻtkazib yuborilganmi? Biz "Lids"ga uchta va "Fulxem"ga beshta gol urdik.
Bu holatning ikki tomoni bor. "Lids" bizning darvozamiz tomon uch marta zarba berdi va ikkita gol urdi.
Bu juda yaxshi emas, lekin yomon ham emas. "Fulxem" esa, ehtimol, besh yoki oltita zarba berdi.
Ularning zarbalar samaradorligi yuqori boʻldi va, albatta, biz bunga eʼtibor qaratishimiz kerak. Bu borada ishlaymiz, ammo oldinda boshqa raqiblar, boshqa xususiyatlar mavjud.
Menga ikki oʻyinda olti gol oʻtkazib yuborish yoqmaydi. Bu kabi holatlarni tuzatishimiz kerak.
Ishonamanki, biz yanada yaxshi oʻynay olamiz", – dedi Gvardiola jurnalistlarga. 6-dekabr, shanba kuni "Manchester Siti" oʻz maydonida "Sanderlend" jamoasini qabul qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.