
Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo Vashington shahrida boʻlib oʻtgan jahon chempionati guruh bosqichi qurʼasida ishtirok etdi. Shuni eslatib oʻtamizki, Italiya terma jamoasi hozircha mundialga yoʻllanma olmagan.
"Oxirgi ikki jahon chempionatida biz ishtirok eta olmadik, shuning uchun bosim sezilmoqda. Men barcha raqiblarni hurmat qilaman, ammo biz hech kimdan qoʻrqmaymiz.
Mart oyida oʻyin ritmini topish va mundialda ishtirok etish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishimiz juda muhim", – dedi Gattuzo pianetamilan.it nashriga bergan intervyusida. Eslatib oʻtamiz, Italiya terma jamoasi oʻz tarixida toʻrt marta jahon chempioni boʻlgan – 1934, 1938, 1982 va 2006 yillarda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.