
Manchester Siti so'nggi uchrashuvlarda barqarorlikdan yiroq bo'lib, himoyada muammolarga duch keldi. Jamoa yaqinda Fulxem ustidan 5:4 hisobida g'alaba qozongan bo'lsa-da, to'rt marta o'z darvozasidan to'p olib chiqishga majbur bo'ldi.
Bungacha jamoa Lidsdan (3:2), Bayerdan (0:2) va Nyukasldan (1:2) ham gol o'tkazib yuborgan edi. Manchester Siti bosh murabbiyi Xosep Gvardiola vaziyatni quyidagicha izohladi: "Bizning himoyamiz yetarlicha yaxshi, albatta, individual xatolar bo'lib turadi, ammo faqat bu muammo emas.
Masalan, Fulxemga qarshi o'yinda asosiy muammo maydonning yuqori qismida tajovuz yetishmasligida edi. Biz kerakli darajada pressing o'tkaza olmadik – natijada shunday bo'ldi.
Biz o'zimizni xavfsizroq his qilamiz, agar to'p darvozamizdan uzoqda bo'lsa, lekin futbolchilar 95 daqiqa davomida bir xil ritmni saqlay olmaydi. Bu borada ko'p ishlashimiz kerak." Shanba kuni bo'lib o'tadigan Sanderlendga qarshi o'yin Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da boshlanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.