
MLS kubogi finalida «Inter Mayami» o‘z maydonida «Vankuver»ni qabul qilib, 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvning 8-daqiqasida mezbonlar Okamponing avtogolidan so‘ng hisobda oldinga chiqib oldi. 60-daqiqada Ahmed muvozanatni tikladi. 71-daqiqada Rodrigo De Paul Lionel Messining uzatmasidan so‘ng Florida klubining ikkinchi goliga mualliflik qildi. Allende 90+6-daqiqada yakuniy nuqtani qo‘ydi.
Shunday qilib, «Inter Mayami» MLS kubogini qo‘lga kiritdi. Bu o‘yin Serxio Buskets va Jordi Alba uchun professional faoliyatlaridagi so‘nggisiga aylandi.
MLS kubogi finali. 7 dekabr
Inter Mayami – Vankuver 3:1
Gollar: Okampo 8 avtogol, De Paul 71, Allende 90+6 – Ahmed 60
Inter Mayami – Rios Novo, Frey, Falkon, Buskets, Allen, Alba, Silvetti (Brayt, 79), De Paul, Rodriges (Segoviya, 57), Allende, Messi.
Vankuver – Takaoka, Okampo, Blekmon, Laborda, Axmed, Priso (Pupe, 68), Kubas (Nakamura, 82), Berxalter, Sabbi, Myuller, Uayt.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.