
Angliya chempionati 15-turida "Fulxem" jamoasi oʻz maydonida "Kristal Pelas"ni qabul qildi. Mehmonlar hisobni 20-daqiqada ochishdi.
Adam Uorton jarima maydonchasida Eddi Nketiyani topdi va u hisobni ochdi – 0:1. Birinchi boʻlim yakunida Raul Ximenesning uzatmasidan soʻng Garri Uilson hisobni tenglashtirdi – 1:1.
Ikkinchi boʻlimda Aleks Ivobi bosh bilan zarba berdi, ammo uning zarbasi darvoza ustunidan qaytdi. Emil Smit-Rou toʻpni darvozaga yoʻllagan boʻlsa-da, gol ofsayd tufayli hisobga olinmadi.
87-daqiqada "Kristal Pelas" burchak zarbasidan foydalanib, Mark Gehi bosh bilan zarba berib jamoasiga gʻalaba keltirdi – 1:2. Bu gʻalaba "Kristal Pelas"ni toʻrtinchi oʻringa olib chiqdi, "Fulxem" esa 15-oʻrinda qoldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.