
Mohamed Salohning Chempionlar Ligasi 5-turida "Inter"ga qarshi o‘yinini o‘tkazib yuborishi kutilmoqda. BBC xabariga ko‘ra, "Liverpul" rahbariyati Salohni qisqa muddatga tarkibdan chetlatish qarorini qabul qilgan.
Avvalroq Salohning "Inter"ga qarshi uchrashuvda ishtirok etmasligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Keyinchalik esa Misr milliy jamoasi hujumchisi mashg‘ulotlarda qatnashgan va Sky Sports ma'lumotlariga ko‘ra, uning yaqinlashib kelayotgan o‘yinda maydonga tushishi borasida qaror hali tasdiqlanmagan edi.
Salohning chetlatilishi klubni va murabbiy Arne Slotni omma oldida tanqid qilgani bilan bog‘liq. 33 yoshli futbolchining fikricha, u "Liverpul"ning asosiy tarkibidan chetlatilganidan norozi.
"Inter" va "Liverpul" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv seshanba, 9-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.