
A Seriyaning 14-turida "Milan" safarda "Torino"ni dramatik tarzda magʻlubiyatga uchratdi. Oʻyin juda muvaffaqiyatsiz boshlanganiga qaramay, "Milan" natijani oʻz foydasiga oʻzgartira oldi.
Jamoa fransuz yarim himoyachisi Adrien Rabio 29 metrdan bergan kuchli zarba bilan raqib darvozabonini hayratda qoldirdi. Bu gol "Milan"ning soʻnggi 10 yildagi A Seriyada eng uzoq masofadan urilgan goli boʻldi.
Bungacha "Milan" safida yapon futbolchisi Keysuke Xonda 2016-yil 14-fevral kuni "Jenoa"ga qarshi oʻyinda 30 metrdan gol urgan edi. Keyingi turda "Milan" oʻz maydonida "Sassuolo" jamoasiga qarshi oʻyin oʻtkazadi.
Oʻyin 14-dekabr kuni boʻlib oʻtadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.