date

Pulisichning 18 yillik rekord goli


A Seriyaning 14-turidagi markaziy o'yinda "Milan" safarda "Torino"ni mag'lub etdi. Jamoaning amerikalik yarim himoyachisi Kristian Pulisich ushbu uchrashuvda ikki bor raqib darvozasini ishgʻol qilib, gʻalabaning bosh qahramoniga aylandi.

Pulisich birinchi golini maydonga tushganidan atigi 35 soniya oʻtib kiritdi. Bu gol soʻnggi 18 yil ichida "Milan" oʻyinchilarining zaxiradan tushib kiritgan eng tezkor goli sifatida tarixga kirdi.

Bungacha bunday natijani 2008-yilning 10-fevralida "Siyena"ga qarshi oʻyinda Alberto Paloski qayd etgan edi. Oʻshanda Paloski oʻyinga tushganidan atigi 19 soniya oʻtib gol urgan edi.

Keyingi turda "Milan" 14-dekabr kuni oʻz maydonida "Sassuolo"ni qabul qiladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Pulisichning 18 yillik rekord goli