date

Savichevich: "Milan Vlahovichni yozda olishi kerak"


Sobiq yugoslaviya va Chernogoriya terma jamoasi hujumchisi, shuningdek, "Milan" klubi sobiq futbolchisi Deyan Savichevichning fikricha, "Milan" kelasi yozda "Yuventus"da toʻp surayotgan serbiyalik hujumchi Dushan Vlahovichni qoʻlga kiritishi kerak. Hozirda futbolchining "Yuventus"dagi holati unchalik qulay emas.

"Milan"ga Vlahovich kerak. Ammo hozir emas, chunki u yaqinda jarohat oldi.

Qishki transferlar vaqtida bunday oʻzgarishlar yaxshi natija bermasligi mumkin. Ammo yozda bu oʻrinli boʻladi.

"Milan"ga darhol oʻz oʻyinini koʻrsata oladigan futbolchi zarur", — deydi Savichevich "Pianeta Milan" nashriga bergan intervyusida. Eslatib oʻtamiz, Dushan Vlahovich 2022-yilning yanvar oyida "Yuventus" safiga qoʻshilgan edi.

Bungacha u "Fiorentina" tarkibida muvaffaqiyatli oʻyin koʻrsatgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Savichevich: "Milan Vlahovichni yozda olishi kerak"