
Inter klubi himoyachisi Franchesko Acherbi Chempionlar ligasi doirasidagi "Liverpul"ga qarshi o‘yinda jarohat olib, birinchi bo‘limda maydonni tark etdi. Payshanba kuni Inter klubi futbolchining tibbiy ko‘rik natijalari haqida rasmiy bayonot berdi.
Unda Acherbining o‘ng son mushaklarida cho‘zilish aniqlangani ma’lum qilindi. Mashhur jurnalist Fabricio Romano o‘z saytida yozishicha, Acherbi kamida bir oy davomida maydonga tusha olmaydi.
Shunday qilib, himoyachi faqat keyingi yil futbolga qaytadi. Eslatib o‘tamiz, "Inter" o‘z maydonida "Liverpul"ga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Jamoa navbatdagi o‘yinini 14-dekabr kuni Italiya chempionati doirasida "Jenoa"ga qarshi safarda o‘tkazadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.