
Chelsi bosh murabbiyi Enzo Mareska Ko'l Palmerning sog'lig'i bilan bog'liq muammolar haqida fikr bildirdi. 23 yoshli futbolchi jarohatdan so'ng safga qaytdi va shanba kuni Evertonga qarshi o'yinda maydonga tushishga tayyor.
Biroq, italiyalik mutaxassisning so'zlariga ko'ra, Palmerning holati hali ideal emas. "Ba'zida u hali ham og'riqni his qilmoqda – biz vaziyatni diqqat bilan kuzatishimiz kerak.
Umid qilamanki, bu muammo butun mavsum davom etmaydi. Hozirda Ko'l har bir o'yinda asosiy tarkibda maydonga tushishga tayyor bo'lgan futbolchilar qatorida emas", – dedi Mareska matbuot anjumanida.
Mazkur mavsumda Palmer atigi olti marta maydonga tushib, ikki gol urishga muvaffaq bo'lgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.