Denzel Dyumfris «Inter»ni tark etishi mumkin

Milanning «Inter» klubi o‘ng qanot himoyachisi Denzel Dyumfris kelasi yil jamoani tark etishi mumkin. Yaqinda 29 yoshli futbolchi o‘z agentini o‘zgartirdi va endi uning transfer bozoridagi manfaatlarini Ali Barat himoya qiladi.
Mashhur insayder Fabritsio Romano bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Dyumfrisning kelasi yil yozda klubdan ketish ehtimoli yuqori. Shu bilan birga, Dyumfrisning «neradzurri» bilan tuzilgan mehnat shartnomasi 2028 yilning o‘rtalariga qadar amalda qoladi.
Transfermarkt portali ekspertlarining baholashicha, niderlandiyalik futbolchining transfer qiymati 35 million yevroni tashkil etadi. Joriy mavsumda Dyumfris jamoa bosh murabbiyi Kristian Kivu qo‘l ostida barcha musobaqalarda 15 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing