09:26 / 05.02.2017
5 861

O‘zbekiston terma jamoasi Jahon boks seriyasining ilk turida Xitoyga mag‘lub bo‘ldi

O‘zbekiston terma jamoasi Jahon boks seriyasining ilk turida Xitoyga mag‘lub bo‘ldi

O‘zbekiston terma jamoasi Jahon boks seriyasining (WSB) endigina boshlangan 7-mavsumini mag‘lubiyat bilan boshladi. O‘zbekistonlik bokschilar mavsumning 1-turida mehmonda Xitoyning China Dragons jamoasiga mag‘lub bo‘lishdi, deb xabar bermoqda Kun nashri.

Bu uchrashuvda Uzbek Tigers ("O‘zbek yo‘lbarslari") jamoasini 5 ta vazn toifasida quyidagi bokschilar bildirdilar: Mironshox Ibrohimov (49 kg), Abdulhay Sharahmatov (56 kg), Elnur Abduraimov (64 kg), Ulug‘bek Haqberdiev (75 kg) va Boburbek Yo‘ldoshev (91 kg).

Uchrashuv "yo‘lbarslar" uchun muvaffaqiyatli boshlandi: 1-jangda Mironshox Ibrohimov raqibi Xin Xuyangni 3:0 hisobida mag‘lub etdi. 2-jangda Abdulhay Sharahmatov ham Long Yang ustidan shunday hisobda zafar quchdi.

Biroq Elnur Abduraimov noma’lum sabablarga ko‘ra ringga ko‘tarilmagan, Ulug‘bek Haqberdiev va Boburbek Yo‘ldoshev esa mag‘lubiyatga uchraganlar. Shu tariqa, 1-turda O‘zbekiston Xitoyga 3:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Joriy yilda 12 ta jamoa uch guruhga bo‘lingan. Uzbek Tigers China Dragons, Russian Boxing Team (Rossiya) va Astana Arlans (Qozog‘iston) bilan S guruhidan joy olgan. O‘zbekistonlik bokschilar keyingi uchrashuvni 18 fevralda mehmonda qozog‘istonlik raqiblariga qarshi o‘tkazadilar.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston terma jamoasi Jahon boks seriyasining ilk turida Xitoyga mag‘lub bo‘ldi