
“Fiorentina” yana murabbiy izlashga majbur bo'ldi: Paolо Vanoli klubdagi atigi bir oylik ishidan so'ng jamoani tark etishi kutilmoqda. Rahbariyat uning o'rniga nomzodlar ro'yxatini shakllantirmoqda va Tyago Mottaga ham taklif bilan chiqqan.
Biroq derbiyderbyderby.it xabariga ko'ra, “Bolonya” va “Yuventus”ning sobiq bosh murabbiyi vaziyatni baholab, jamoani ayni shu murakkab pallada qabul qilib olishdan bosh tortdi. Eslatib o'tamiz, “Fiorentina” A Seriyaning joriy mavsumida hali g'alaba qozonmagan.
O'tgan dam olish kunlari klub o'z maydonida “Verona”ga 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi. Keyingi turda florensiyaliklar uyda “Udineze”ni qabul qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.