
Seshanba kuni FIFA talqiniga ko'ra yilning eng yaxshi futbolchi va murabbiylarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. G'oliblar milliy terma jamoalar sardorlari va bosh murabbiylari ovoz berishi orqali aniqlandi.
Madridning Real klubi himoyachisi, avstriyalik David Alaba o'z reytingida birinchi o'ringa jamoadoshi Kilian Mbappeni qo'ydi. Ikkinchi va uchinchi pog'onalarga esa PSJ futbolchilari Ashraf Hakimi hamda Usmon Dembele joylashtirildi.
Yilning eng yaxshi murabbiyi bo'yicha Alaba birinchi o'rinni Liverpul bosh murabbiyi Arne Slotga, ikkinchi o'rinni Arsenal ustozi Mikel Artetaga, uchinchi o'rinni esa Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martinesga berdi. Darvozabonlar ro'yxatida ham kutilmagan holat kuzatilmadi: Alaba birinchi o'ringa jamoadoshi Tibo Kurtuani, ikkinchi o'ringa Bavariya posboni Manuel Noyerni, uchinchi o'ringa esa Manchester Siti darvozaboni Janluiji Donnarummani kiritdi.
Donnarumma avval PSJ safida ham to'p surgan. FIFAning yilning eng yaxshi futbolchisi sovrini Usmon Dembeliga nasib etdi.
Murabbiylar yo'nalishida Luis Enrike, darvozabonlar nominatsiyasida esa Janluiji Donnarumma g'olib bo'ldi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.