
Portugaliyalik yarim himoyachi Brunu Fernandesh «Manchester Yunayted» rahbariyati uni jamoada qolishga qanday ko'ndirganini ma'lum qildi. Avvalroq futbolchi klubni ikki bor tark etishi mumkin bo'lganini, biroq bunday qarorga kelmaganini tan olgandi.
«Agar klub bizning maqsadimiz hanuz eng yuqori natijalarga erishish ekanini aytmaganida, men «Manchester Yunayted»da qolmasdim», — deya Fernandesh so'zlarini keltiradi insayder Fabritsio Romano. Fernandeshning ta'kidlashicha, «Manchester Yunayted» Angliya va Yevropa maydonlarida o'z obro'sini tiklash, yana sovrinlar uchun kurashishga qaytishni ko'zlamoqda.
APLning 16 turidan so'ng mankunianlar 26 ochko bilan turnir jadvalida 6-o'rinda bormoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.