Isak Hien Atalantaning safarda g'alabasini qadrladi

Isak Hien Atalantaning safarda g'alabasini qadrladi
A Seriyaning yakshanba kungi so'nggi uchrashuvida “Atalanta” safarda “Jenoa”ni dramatik tarzda mag'lub etdi. Bergamoliklar hal qiluvchi golni so'nggi daqiqada burchak zarbasidan keyin urishdi: shved himoyachisi Isak Hien bosh bilan genualiklar darvozasini aniq nishonga oldi.

“Safarda anchadan beri g'alaba qozonmagandik, bizga bu juda kerak edi. Ikkinchi bo'limni yaxshiroq o'tkazdik, ammo umuman olganda, hatto son jihatdan ustunlik bo'lganiga qaramay, o'yin oson kechmadi.

Chunki uchrashuv davomida o'zimizga ham qayta moslashishga to'g'ri keldi”, — deya Hienning so'zlarini keltiradi calcioatalanta.it. Ayni paytda “Atalanta” A Seriya turnir jadvalida 9-o'ringa ko'tarildi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar