Gvardiola Rojdestvo taomi bo‘yicha futbolchilarni ogohlantirdi

Gvardiola Rojdestvo taomi bo‘yicha futbolchilarni ogohlantirdi
G‘arb mamlakatlarida Rojdestvo 25-dekabr kuni nishonlanadi. Tabiiyki, bayram kunlari hatto sportchilar ham to‘g‘ri ovqatlanish rejimidan biroz chetga chiqishi mumkin.

Bu borada «Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola fikr bildirdi. «Kecha ularni taroziga tortdik — hammasi ideal edi.

Ammo ular 25-dekabr kuni qaytib kelishganda, yana taroziga tortamiz: kimdir “semirib” kelmadimi, ko‘ramiz. Uch kunlik dam olishdan keyin ular qanday holatda qaytganini bilmoqchiman.

Necha kilogramm qo‘shganini nazorat qilaman. Kimdir uch kilogramm vazn orttirsa, u «Nottingem Forest»ga qarshi o‘yinga bormaydi.

Manchesterda qoladi», — dedi Gvardiola jurnalistlarga. «Nottingem Forest» va «Manchester Siti» shanba kuni, 27-dekabrda o‘ynaydi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar