
Londonning "Arsenal" klubida to'p surgan sobiq futbolchi Pol Merson "Bornmut" hujumchisi Antuan Semenyoning kelajagi haqida fikr bildirdi. "Gvardiola "Siti"da yana qancha qoladi?
Antuan uzoq muddatli shartnoma imzolashi mumkin, Pep esa kelasi yili jamoani tark etib ketishi ehtimol. Semenyo yangi murabbiyga kerak bo'ladimi-yo'qmi, noma'lum.
U to'g'ri tanlov qilishi kerak. Hozir hammasi uning o'ziga bog'liq", — deya ekspertning so'zlarini Sky Sports keltiradi.
Matbuotda Semenyoga "Manchester Siti" va "Liverpul" klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan. 25 yoshli hujumchi joriy APL mavsumida 16 ta o'yinda maydonga tushdi.
Antuan 8 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.