Harvi Elliott ijara muddatidan oldin «Liverpul»ga qaytadi

Yarim himoyachi Harvi Elliott ijara muddatidan oldin «Liverpul»ga qaytadi. Futbolchi sentyabrdan beri «Aston Villa» safida ijara asosida o‘ynab kelayotgandi.
Insayder Fabritsio Romano ma’lumotiga ko‘ra, kelishuv qishki transfer oynasida bekor qilinadi. Shundan so‘ng «Liverpul» o‘z futbolchisi bo‘yicha vaziyatni baholaydi: Elliott klubda qolishi yoki yana boshqa jamoaga ijaraga yuborilishi mumkin.
Biroq FIFA qoidalariga ko‘ra, Harvi faqat yevrokuboklarda ishtirok etmaydigan klub safida o‘ynashi mumkin. Harvi Elliott 2019 yilda «Fulhem»dan 1,7 million yevro evaziga «Liverpul»ga o‘tgan.
Uning shartnomasi 2027 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda yarim himoyachi yetti o‘yinda maydonga tushib, bir gol urdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing