
Turkiyada futbol bilan bog‘liq katta mojaro chiqdi. Gap futbol o‘yinlariga pul tikish va natijalarni ataylab o‘zgartirish bilan bog‘liq holatlar haqida ketmoqda. Bu haqda TRT Haber xabar berdi.
Politsiya mamlakatning 11 ta viloyatida maxsus reydlar o‘tkazdi. Natijada 26 kishi qo‘lga olindi. Ular orasida 14 nafar professional futbolchi, futbol rahbarlari va ayrim davlat idoralarida ishlovchi shaxslar bor.
Hibsga olinganlar orasida “Galatasaray” klubining sobiq vitse-prezidenti Erden Timur, hozir xizmatda bo‘lgan politsiya xodimi va Turkiya futbol federatsiyasining rahbarlaridan biri ham bor. Umuman olganda, 29 kishi gumon ostiga olingan, ammo ularning 3 nafari hozircha topilmadi.
Tergov avvalroq boshlangan bo‘lib, hozirgi hibslar shu ishning davomi hisoblanadi. Mojaro Turkiya futboliga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. Futbol federatsiyasi vaqtincha 149 nafar hakam va ularning yordamchilarini ishidan chetlatdi.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, yaqin vaqt ichida yana ko‘plab futbolchilar so‘roqqa chaqirilishi mumkin. Mutaxassislar bu ish Turkiya futboli tarixidagi eng katta janjallardan biri bo‘lishi mumkinligini aytmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.