
UFC’ning mashhur sharhlovchisi Jo Rogan o‘zining yangi intervyusida Habib Nurmagomedov va Islom Maxachevni taqqoslab, har ikki jangchining o‘ziga xos xususiyatlari va ushbu bokschilarning professional darajalarini tahlil qildi.
Roganning so‘zlariga ko‘ra, Habib barcha davrlar tarixidagi eng buyuk jangchilardan biri, bu haqda hech qanday shubha yo‘q. Ammo, ularning bir-biriga nisbatan mavjud farqi bor. Rogan aytishiga ko‘ra, Habibning zarba texnikasi juda yaxshi bo‘lgan, lekin Islomning tik holatdagi (stoykadagi) ishi juda yuqori darajada. Uning so‘zlariga ko‘ra, Islomning zarbalari va ko‘nikmalarini, masalan, Aleks Volkanovskini nokaut qilish uchun bunday texnika Habibda bo‘lmagan.
"Islom – bu butunlay boshqa daraja, u yana bir pog‘ona yuqorida. U seni tik holatda ham, yerda ham nokaut qilishi mumkin, bo‘g‘ishi mumkin, parterga o‘tkazishi mumkin. U o‘z vazn toifasi uchun juda katta va kuchli. Bu yerda omillar juda ko‘p. Hatto tik holatda ishlayotganingda ham, u bilan kurashishda sen doimiy ravishda uning kurashdagi ustunligi haqida o‘ylab yurishga majbursan", — dedi Rogan.
Islom Maxachev oxirgi jangini 2025 yil noyabr oyida o‘tkazgan. Ushbu jangda u Jek Della Maddalenani mag‘lub etib, UFC yarim o‘rta vazn toifasidagi chempionga aylangandi.
Har ikki jangchi ham o‘zlarining texnik ishlashida yuqori darajada, lekin Maxachevning universalligini va erkin kurashdagi yuqori darajasini Rogan alohida ta’kidladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.