Mali penaltilar seriyasida Tunisni yengib chorakfinalga chiqdi (video)

Afrika Millatlar kubogida ikkinchi chorakfinalchi aniqlandi. Mali va Tunis o‘rtasidagi bahs juda qizg‘in o‘tdi. Tunis 26-daqiqa oralig‘ida kamchilikda qolgani holda, 88-daqiqaga kelib, g‘alabaga yaqinlashdi. Ammo maliliklar 90+6-daqiqada muvozanatni tiklashga erishishdi va qo‘shib berilgan bo‘limlarda ham g‘olib aniqlanmadi.
Penaltilar seriyasida, 10 kishi bilan o‘ynagan Mali, 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. Shuningdek, Mali 1/4 finalda Senegal bilan to‘qnash keladi, ularning raqiblari Sudanni mag‘lub etgan.
Afrika Millatlar kubogi. 1/8 final
Mali — Tunis 1:1
Penaltilar seriyasi — 3:2
3 yanvar, Marokash, «Muhammad V» stadioni
Gollar: Sinayoko (90+6, penalti) — Shuat (88).
Mali jamoasida: Diarra, Kulibali, Diabi, Kamara, Dante, Bissuma, Diyeng (Sissoko, 110), Sangar (Ture, 90+2), Kulibali (Traore, 117), Dumbiya (Nene, 57), Sinayoko.
Tunis jamoasida: Damen, Valeri (bin Ali, 113), Talbi, Bronn (Meriya, 12), Abdi, Mejbri (bin Romdhane, 85), Sxiri, G‘arbi (Saad, 70), Sassi, Belhaj (Ashuri, 46), Masturi (Shuat, 70).
Ogohlantirishlar: Dumbiya (4), Bronn (7), Bissuma (17), Belhaj (23), Mejyuri (60), Shuat (85), Nene (103), Meriya (109), Sissoko (118).
Chetlatish: Kulibali (26).
Mali jamoasi janjallarga to‘la penaltilar seriyasidan keyin chorakfinalga chiqishga muvaffaq bo‘ldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!