date

Iliya Topuriya oxiri "yorildi": Haqiqat yozilmaydigan sarlavhalar ortida

Iliya Topuriya oxiri "yorildi": Haqiqat yozilmaydigan sarlavhalar ortida

Yengil vazn toifasidagi amaldagi UFC chempioni Iliya Topuriya “El Mundo” nashrining xabarlariga munosabat bildirib, sobiq turmush o‘rtog‘i tomonidan uydagi zo‘ravonlik ayblovi bo‘yicha Ispaniya sudiga chaqirilganligi haqidagi ma’lumotni rad etdi. U ijtimoiy tarmoq orqali ommaviy axborot vositalarining aniq bo‘lmagan va noto‘g‘ri sarlavhalar bilan uning haqida tarqatilgan xabarlardan xabardorligini bildirib, o‘z pozitsiyasini izohladi.

Topuriyaning aytishicha, u sudga chaqirilmagan va bunday ishlar bo‘yicha qandaydir ko‘rsatma berishga majbur bo‘lmagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ispaniyadagi oilaviy va ma’muriy masala bilan bog‘liq bo‘lgan biroq shaxsiy va huquqiy tekshirishlar ishidagi hujjatlar asossiz va yangiliklar sarlavhalari noto‘g‘ri tarqatilgan.

"Men shunday yo‘sinda tarqatilgan noto‘g‘ri ma’lumotlarga qarshi chiqaman va har doim, agar zarur bo‘lsa, men o‘z yo‘lim bilan ommaviy axborot vositalari so‘rovlariga javob beraman", - dedi u. Shuningdek, Topuriya xabardor etgan bo‘lsa, ommaviy axborot vositalari faktlarga tayanishlari va ularga asoslangan ravishda materiallar tarqatishlari kerakligiga e’tibor qaratgan.

"Chaqiruv qog‘ozi faqat - men to‘rt oydan beri ko‘rmagan - qizimning Ispaniyadan tashqariga chiqishi bilan bog‘liq oilaviy va ma’muriy masalaga tegishli xolos", - dedi u.

Uning aytishicha, ushbu ish, ajrashish jarayonining davomida, moliyaviy talablar o‘rtasidagi kelishmovchiliklar tufayli boshlangan va shu sababli oilaviy masalaga oid huquqiy munosabatlarga aloqador. Topuriya o‘z qizini va o‘g‘lini qayta olish umidi bilan, haqiqatning tez orada o‘z o‘rnini topishini aytib, bu ishda faqat adolat va haqiqatni qo‘llab-quvvatlashga chaqirgan.

"Hammasi ajrashganimizdan keyin bir necha hafta o‘tib boshlandi. Ba’zi mutlaqo asossiz moliyaviy talablarni qabul qilishdan bosh tortganimdan so‘ng, zo‘ravonlikda ayblangan ariza berildi - bu bilan ilgari meni qo‘rqitishgan va hozir bu sudda ko‘rib chiqilmoqdas", - dedi Topuriya.

Topuriya yana shunday deydi: "Men Xudoga va adolatga ishonishda davom etaman. Xaqiqat barchasini ifodalaganida, men o‘z farzandlarimni qaytarib olishimga ishonaman. Iltmos, ommaviy axborot vositalari haqiqiy faktlarga asoslansin va xabardor bo‘lishda aniq va haqiqiy bo‘lishsin."

Topuriyaning bu bayonotlari ommaviy axborot vositalari va uning muxlislari o‘rtasida katta qiziqish va muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Iliya Topuriya oxiri "yorildi": Haqiqat yozilmaydigan sarlavhalar ortida